Xabi Alonso jamoa holati haqida: "Barcha futbolchilar maydonga tushishga tayyor"
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoa tarkibi haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Mening xayolimda allaqachon asosiy tarkib bor. "Yuventus"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaganlarning deyarli barchasi to‘liq tiklandi. Tarkibga kiritilgan barcha futbolchilar maydonga birinchi daqiqalardanoq tushishga tayyor", – dedi Alonso jurnalistlar bilan suhbatda.
Ma’lumot o‘rnida, Din Xausen, Trent Aleksander-Arnold, Dani Karvaxal va Dani Sebalos tiklanishdi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga bo‘lib o‘tadigan "El-klasiko" Toshkent vaqti bilan 20:15’da start oladi.



Fikrlar