Xabi Alonso "Liverpul"ga kelsa 4 ta futbolchini sotib olishni so'radi

  • 27.01.2026 21:01
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso "Liverpool" ga o‘z talablarini ma’lum qildi.

"Qirollik klubi"dan iste’foga chiqqan Xabi Alonsoning xizmatlariga "Liverpool" jamoasi jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Agar ispaniyalik mutaxassis Mersisayd klubida ish boshlasa, birinchi navbatda tarkibni kuchaytirishni va 4 nafar o‘zi tanlagan futbolchini sotib olishni talab qilmoqda. Uning istaklari ro‘yxatidan "Tottenxem" markaziy himoyachisi Mikki van de Ven, "Kristal Pэlas" xavbegi Adam Uorton, shuningdek, PSJ vingeri Bredli Barkola va "Bavariya" hujumchisi Maykl Oliselar o‘rin olgan. 

Ma’lumot uchun, "Liverpool" vakillari Alonso bilan dastlabki ijobiy aloqalar o‘rnatgani va u jamoaga kelishga qarshi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!