Xabi Alonso Mbappening yo‘qligiga izoh berdi
Mutaxassis futbolchining qachpn qaytishiga ham oydinlik kiritdi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati–2025 musobaqasi guruh bosqichida Kilian Mbappening qatnashmasligiga izoh berdi.
"Mbappe? U jamoa bilan birga mashg‘ulot o‘tkazayotganidan mamnunmiz. Biroq, biz uni 1/8 final o‘yiniga to‘liq tayyor bo‘lishi uchun ehtiyot qildik", — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, frantsuz hujumchisi musobaqaning ilk ikki o‘yinida ichki infektsiya sabab, maydonga tushmagandi.
"Qirollik klubi" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida Avstriyaning “Red Bull Zaltsburg” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu bellashuv 27 iyun kuni soat 06:00da start olishi rejalashtirilgan.

Izohlar (0)