Asosiy mazmunga oʻtish

Xabi Alonso "Osasuna" ustidan qozonilgan g‘alaba va "Santyago Bernabeu"ga qaytishi haqida gapirdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Mutaxassis tayyorgarlik kamligini ham e’tirof etdi

"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning Ispaniya chempionati 1-turida "Osasuna" ustidan qozongan minimal hisobdagi g‘alabasi (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Natijadan boshlasak, ijobiy jihatlar ko‘p. Ikki haftalik tayyorgarlikdan so‘ng biz ko‘proq vaqt mashg‘ulot o‘tkazgan raqibga qarshi maydonga tushdik. Albatta, ayrim narsalar etishmadi, ammo bu bizga barqarorlik berib, ishimizni davom ettirishga yordam beradi.

"Osasuna" juda pastda o‘ynadi, bizda esa yangilik kiritish, jozibadorlik va ko‘proq xavfga borishga tayyorlik etishmadi. Bu bellashuvdan xulosa chiqaramiz, chunki bunday o‘yinlarga yana duch kelishimiz aniq", – dedi Alonso.

Xabi Alonso, head coach of Real Madrid, looks on during the Spanish League LaLiga EA Sports match between Real Madrid and CA Osasuna at Santiago...

Shuningdek, murabbiy "Santyago Bernabeu"ga qaytishi haqida to‘xtalib o‘tdi:

"Bu men uchun o‘ziga xos, esdan chiqmas kun bo‘ldi. "Bernabeu"ga murabbiy sifatida qaytish — katta iftixor. Umid qilamanki, bu ko‘plab g‘alabalardan biri bo‘ladi", – deya klub televideniesiga intervyu berdi ispaniyalik mutaxassis.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q