Xabi Alonso: “Real” hujumida shu ikkisi o‘ynaydi!

  • 16 may, 10:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni qabul qilib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Xabi Alonso ayni paytda yangi jamoasida qo‘llaydigan o‘yin uslublari, qaysi tarkibni o‘ynatish, qanday futbolchilarni transfer qilish haqida bosh qotirmoqda.

Tecno

Cadena Ser  nashri o‘z manbalariga tayangan holda, ispaniyalik mutaxassis “Real” hujum chizig‘i bo‘yicha rejalariga oydinlik kiritdi.

Manbaga ko‘ra, Xabi Alonso oldingi chiziqda Kilian Mbappe va Vinisius Junior tandemini o‘ynatishni ma’qul ko‘rmoqda.

43 yoshli mutaxassis asosan 5-3-2 va 4-4-2 o‘yin sxemasini ishga soladi. Braziliyalik hujumchi Rodrigo Goes esa, Alonsoning rejalaridan chetda qolmoqda.

Bundan tashqari, yangi bosh murabbiy “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich va yoshi o‘tib qolgan himoyachi Lukas Vaskesga o‘yin amaliyoti bermasligini hozirdan ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!