Xabi Alonso “Real”ni boshqarish masalasiga oydinlik kiritdi

  • 28 mart, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Karlo Anchelotti o‘rniga “Bayer”ni klub tarixida ilk bor mamlakat chempioniga aylantirgan Xabi Alonsoni olib kelishi haqidagi xabarlar anchadan beri bor.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis yaqinda Madridga borgani bu ma’lumotlar oqimini yanada ko‘paytirib yubordi. Xabi Alonsoning o‘zi “Real”ga qaytishi haqidagi vaziyatga oydinlik kiritdi.

- Men hali hech qanday qaror qabul qilganim yo‘q. O‘tgan hafta Ispaniyaga borganim rost, lekin hech kim bilan uchrashganim yo‘q.

Oldimda hech qanday muddat yo‘q. Men hali ham faqat joriy mavsumga e’tibor qaratyaman. Chunki hozir biz chempionatning hal qiluvchi pallasidamiz, - dedi Xabi Alonso.

Xabi Alonso “Bayer”ni 2022 yildan beri boshqarib kelmoqda. Yosh murabbiy leverkuzenliklarni Germaniyaning eng kuchli klublari darajasiga ko‘tardi. Uning qo‘l ostida jamoa qisqa muddatda Germaniya chempioni, mamlakat kubogi g‘olibi va Evropa ligasi finalchisi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!