Xabi Alonso Rodrigo o‘rniga ikkita futbolchi topib qo‘ydi

  • 8 avgust, 11:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning braziliyalik legioneri Rodrigo Goes klub tark etishi kutilmoqda. Yangi bosh murabbiy Xabi Alonso ham 24 yoshli universal hujumchiga o‘yin amaliyoti berilishini kafolatlagani yo‘q.

Tecno

Ayni paytda Rodrigoga “Liverpul” va “Pari Sen-Jermen” kabi qudratli klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘yinchining o‘zi ham top-klublardan biriga o‘tishga qarshi emas.

Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, Xabi Alonso Rodrigo ketsa, uning o‘rnini kim to‘ldirishini hal qilib oldi. Ispaniyalik mutaxassis rejasiga ko‘ra, Rodrigo o‘rnini yozda jamoaga olingan o‘ng qanot hujumchisi Franko Mastantuono bosishi mumkin.

Bundan tashqari, Alonso klub rahbariyatidan PSJ vingeri Bredli Barkolani olib berishni so‘ragani aytilmoqda.

Barkola o‘tgan mavsumda jami 64 ta uchrashuvda ishtirok etib, parijliklar uchun 21 ta gol urib berdi va jamoadoshlariga yana shuncha golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!