
Xabi Alonso yosh himoyachiga katta mas’uliyat yuklatmoqchi
Xabi Alonso Din Xeysenni "Real"da muhim rolga ega bo‘lishini rejalashtirmoqda. Bu haqda AS nashri Cadena CERga tayanib xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli himoyachi allaqachon "Real"ga o‘tishga rozilik bergan. Transfer kelishuvining yakuniy bosqichi qolgan.
Ta’kidlanishicha, "qaymoqranglilar"ning bo‘lajak bosh murabbiyi Xabi Alonso Din bilan bog‘langan va suhbatda uni o‘z loyihasining markaziy figurasi sifatida ko‘rayotganini ma’lum qilgan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Chelsi" hali ham "Bornmut" futbolchisini qo‘lga kiritishdan umidini uzmagan. Londonliklar "Real" bilan kelishuv oxirgi pallada to‘xtab qolishiga umid qilishmoqda. Biroq, Madrid klubi transfer deyarli hal bo‘lgan, deb hisoblamoqda.
Fikrlar