
Xabib Nurmagamedov afsonaviy sportchidan sovg‘a oldi (FOTO)
Rossiyalik mashhur xokkeychi, NXLning "Vashington Kepitalz" klubi sardori Aleksandr Ovechkin engil vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni Xabib Nurmagomedovga o‘zining imzosi tushirilgan formasini sovg‘a qildi. O‘z navbatida Xabib ushbu suratni ijtimoiy tarmoqlarida bo‘lishdi.
"Afsonadan afsonaga", - deyiladi fotosurat izohida.
Ma’lumot uchun, Xabib allaqachon professional faoliyatini yakunlagan. U aralash yakkakurashlar tarixidagi eng muvaffaqiyatli jangchilardan biridir. Ko‘pgina mutaxassislar uni eng buyuk jangchi deb atashadi. Rossiyalik sportchi MMAdagi faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. UFC’da esa 13 ta jangda g‘alaba qozongan. Liga rahbari Dana Uayt bir necha bor Nurmagomedovni oktagonga qaytarishga uringan, biroq Xabib har safar ketish qarori yakuniy ekanini aytgan.
Fikrlar