Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi bo‘lmaydi?
UFC ning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedov amerikalik Toni Feryusonga qarshi jang koronavirus tarqalishi sababli bo‘lib o‘tmasligini aytdi. 31 yoshli rossiyalikning so‘zlariga ko‘ra, u juda xafa, ammo vaziyatga qarshi chiqa olmaydi.
Jang 18 aprel kuni UFC 249 shousida bo‘lib o‘tishi kerak edi.
"Men uyda karantinda o‘tiribman va mening jangim atrofidagi vaziyatga odamlarning munosabatini o‘qimoqdaman. Ko‘rinib turibdiki, butun dunyo karantindan o‘tishi kerakligini, barcha mamlakat hukumatlari odamlarni qutqarish uchun kasallik tarqalishini cheklash borasida xavfsizlik talablariga rioya qilishni talab qilyotgan bir vaqtda, Xabib bu erda bitta jang uchun tavakkal qilib butun jahon bo‘ylab uchib yursa?
Men hamma narsani tushunaman va jangni bekor bo‘lganidan xafa emasman. Jangdan keyin boshqalar kabi juda ko‘p rejalarim bor edi. Lekin barchasini nazorat qila olmayman.
Kuchli davlatlar va bizning davrimizning eng yirik kompaniyalari sodir bo‘layotgan voqealardan hayratda qolishmoqda. Har kuni vaziyat kutilmaganda o‘zgarib borayapti. Ammo Xabib jang qilishi kerak, shundaymi?
O‘zingizga g‘amxo‘rlik qiling va mening o‘rnimga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring",-deb yozdi Nurmagomedov o‘z instagram sahifasiga.



Fikrlar