Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Parij-2024 Olimpiadasidan chetlatiladi, Los Anjeles-2028'da boks sport turi masalasi hal etildi

  • 08.06.2023 09:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi ijroya qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) Parij-2024 Olimpiadasida boks musobaqalarini o‘tkazishda boshchilik qilish xuquqini tiklashni rad etmoqda. Bunga qadar, o‘rganishlar natijasida 2019 yilda IBA'ga Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan taqiq qo‘yilgan va Tokio-2020 o‘yinlarida ham litsenziyalash va boks musobaqalari Qo‘mita boshchiligida o‘tkazilgan edi. 
 
Shuningdek, tashkiliy qo‘mita boks sport turini Parij-2024 va Los Anjeles-2028 o‘yinlarida qoldirishga qaror qabul qildi. Agarda taklif ma’qullansa, Tokio-2020 kabi Parij-2024 olimpiadasida ham boks musobaqalari tashkilotchiligi IBA emas qo‘mitaning o‘z boshchiligida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!