Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Infantino qoidalarni buzmagan deb topdi

  • 22.02.2026 18:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

FIFA prezidenti Janni Infantino Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) siyosiy betaraflik qoidalarini buzmadi.

XOQ Infantinonning AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan tashkil etilgan "Tinchlik kengashi" yig‘ilishidagi ishtirokini tekshirgandan so‘ng shunday xulosaga keldi. 

Infantino XOQ a’zosi sifatida mojaro tugagandan keyin G‘azo sektorini tiklash rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdi. Uning paydo bo‘lishi savollarga sabab bo‘ldi, chunki FIFA rahbari tadbirda "AQSh" yozuvi va "45-47" raqamlari bilan Trampning prezidentlik muddatiga ishora qiluvchi qizil beysbolkada suratga tushdi.

XOQ rahbari Kirsti Koventri dastlab tashkilot vaziyatni siyosiy betaraflik tamoyilining ehtimoliy buzilishi nuqtai nazaridan o‘rganishini aytdi. Olimpiya Xartiyasi XOQ a’zolaridan siyosiy manfaatlardan mustaqil ravishda harakat qilishni va ularning qarorlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalarni qabul qilmaslikni talab qiladi.

Biroq, FIFA bilan bog‘langandan so‘ng, XOQ Infantinonning ishtiroki G‘azoda sportni tiklash bo‘yicha futbol dasturi bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

"XOQ FIFA bilan aloqada. Biz FIFA G‘azoda sportni tiklash uchun keng qamrovli investitsiya dasturini, jumladan, infratuzilma, ta’lim va sportchilarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashini tushunamiz. Bu xalqaro sport federatsiyasining roliga to‘liq mos keladi", - deyiladi XOQ bayonotida.

 

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Infantinoga nisbatan tekshiruv ochdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!