Xames Madridda qoladigan ko‘rinadi...

  • 15.07.2019 19:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodrigesning transferi masalasida hamshahari "Real" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Esto Es Atleti nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “matraschilar” 28 yoshli futbolchi uchun “qirollik klubi”ga 50 mln evro to‘lashadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Xamesning transferi maslasida PSJ va “Napoli” klublari ham muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Xames Rodriges so‘nggi ikki mavsumni ijara asosida Myunxenning “Bavariya” klubida o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!