Xames o‘ziga jamoa qidirishni boshlab yubordi

  • 12.07.2020 16:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoadan ketishga qaror qildi. Bu haqda El Pais nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchi allaqachon o‘ziga yangi klub qidirishni boshlab yuborgan. "Qirollik klubi" ham uning ketishiga qarshilik qilmaydi, biroq uning transferidan kamida 20 million evro ishlab olmoqchi.  

Xamesga "Milan", "Atletiko" va "Napoli" klublari jiddiy qiziqmoqda.

29 yoshli futbolchi joriy mavsum “Real” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!