"Real"ning sobiq futbolchisi MLSga yo‘l olishi mumkin

  • 04.02.2026 00:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" va "Bavariya"ning sobiq futbolchisi Xames Rodriges faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

"The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, kolumbiyalik vinger "Minnesota Yunayted" bilan muzokaralar olib bormoqda. 34 yoshli futbolchi dekabr oyida "Leon"ni tark etganidan so‘ng erkin agent maqomiga ega bo‘lib turibdi.

Meksika klubi safida Xames 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!