Xames Rodriges umumiy guruhda shug‘ullanishni boshladi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges jarohatidan sog‘aydi va maydonga qaytishga yaqin turibdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha kolumbiyalik futbolchi jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli Xames joriy yilning 22 oktyabr kuni jarohat olgan edi. U bu mavsum “Real” safida jami 9 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, "Reala" - "Atletik" uchrashuvi 22 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar