Xames Rodriges yana klubsiz qoldi

  • 13 aprel, 2023, 17:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi hujumkor yarim himoyachi Xames Rodriges jamoani tark etganini e’lon qildi. Tomonlar hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilishdi. "Qizil-oqlar" 31 yoshli kolumbiyalik futbolchiga ko‘rsatgan o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida muvaffaqiyatlar tiladi.

Hames sentyabr oyining o‘rtalaridan beri "Olimpiakos"da o‘ynab kelayotgan edi. Kolumbiyalik yunon klubi safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va sheriklariga 6 ta golli uzatmani taqdim etdi.

Evropada futbolchi bir qator klublarda, jumladan, "Real" va "Bavariya"da o‘ynagani bilan tanilgan. "Transfermarkt"portali mutaxassislari Xames Rodrigesni 9 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!