Xames uchun kurashda qaysi jamoa favorit?

  • 02.04.2020 08:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid yarim himoyachisi Xames Rodriges katta ehtimol bilan faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchi uchun kurashda "Everton" favorit. Unga shuningdek, "Arsenal" va "Vulverxempton" ham qiziqmoqda.

O‘z navbatida “Real” ham Xamesdan imkon qadar tezroq qutulmoqchi. U joriy mavsum 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!