Xamzat Chimaev Aleks Perreyra bilan jang qiladi, agar...

  • 21 avgust, 16:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim og‘ir vaznda UFC chempioni Magomed Ankalaevning murabbiyi Suxrab Magomedov chechenistonlik Xamzat Chimaev va braziliyalik Aleks Perreyra o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

Tecno

"Chimaev yarim og‘ir vaznga ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda uning o‘zi aytib o‘tdi. Agar Ankalaev bilan revanshda braziliyalik g‘alaba qozonsa, Xamzat Perreyraga qarshi oktagonga ko‘tarilmoqchi. O‘ylashimcha, Aleks "stoyka"da undan kuchliroq, biroq chechen kurashda o‘zini ancha yaxshi his qiladi. Ko‘ramiz, voqealar rivoji qay tarzida kechar ekan!", — deya murabbiyning so‘zlarini keltirdi "MMA.Metaratings.ru" sayti.

Eslatib o‘tamiz, Magomed Ankalaev va Aleks Perreyra o‘rtasidagi revansh 5 oktyabr kuni "UFC 320" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!