Hamzat Chimaev asl maqsadini oshkor qildi
O‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Hamzat Chimaev bo‘lajak maqsadlari haqida gapirdi.
"Ikki vaznda chempionlikni xohlayman. Bu yo‘lda rekordim qanday bo‘lishi qiziq emas. Ehtimol mag‘lubiyatlarga ham uchrarman. Biroq menga baribir. Kamina katta janglarni istaydi", - deya chechanning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow".
Ma’lumot uchun, Chimaev mag‘lubiyatga uchramasdan chempion bo‘lgan UFC tarixidagi o‘n oltinchi jangchi hisoblanadi.
Fikrlar