Hamzat Chimaev jang qiladigan turnirda yana kimlar oktagonga ko‘tariladi?

  • 13.03.2026 10:36
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

9 may kuni AQShning Nyu-Jersi shahrida "UFC 328" turniri bo‘lib o‘tadi.

Kechaning markaziy to‘qnashuvida o‘rta vaznda amaldagi chempion Hamzat Chimaev amerikalik Shon Striklendga qarshi ilk kamar himoyasini o‘tkazadi. "Co-main event" jangida esa taniqli MMA ustalari  – Aleksandr Volkov va Valdo Kortes Akosta o‘zaro bahs olib borishi rejalashtirilgan.

Biz uchun ahamiyatlisi, mazkur oqshomda hamyurtimiz Bogdan Guskov ham ishtirok etib, polshalik Yan Blahovichga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

Shuningdek, ushbu turnirda ikki amerikalik – Xoakin Bakli hamda Shon Bredi qarama-qarshiligiga ham guvoh bo‘lamiz. 

Quyida "UFC 328" ning asosiy kardi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!