Xamzat Chimaev keyingi jangiga ishora qildi

  • 12.09.2025 23:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

O‘rta vaznda UFC chempioni Xamzat Chimaev o‘zining navbatdagi jangini 2026 yil Oq Uyda o‘tkazishi mumkin.

“Borz” ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Oq uy ko‘rinishini eslatuvchi emojini joylashtirdi va bu bilan muxlislarga ishora qildi.

Ma’lumot uchun, Chimaev UFC tarixida mag‘lubiyatsiz chempionlik kamariga ega chiqqan 16-jangchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!