Hamzat Chimaev va Habib Nurmagomedov oʻrtasidagi munosabatlar chindan ham yomonmi?

  • 17.04.2026 13:09
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Hamzat Chimaev MMA afsonasi Xabib Nurmagomedov bilan munosabatlari haqida gapirdi.

"Biz Xabibga havas qilib ulg‘ayganmiz. U tarixdagi eng buyuk jangchilardan biri. Odamlar men va Xabib o‘rtasida qandaydir muammo bor, deb o‘ylaydi, biroq bu haqiqat emas. Nurmagomedov – mening musulmon akam. U ham men kabi kambag‘al qishloqdan chiqib, mana shunday katta natijalarga erishgan", – deya chempionning so‘zlarini keltirdi "The Fight Fantastic".

Eslatib o‘tamiz, Chimaev navbatdagi jangini 10 may kuni "UFC 328" turnirida amerikalik Shon Striklendga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!