Hamzat Chimaevmi yoki Shon Striklend? Xorxe Masvidal noodatiy javob berdi
MMA afsonasi Xorxe Masvidal hamyurti Shon Striklend va oʻrta vaznda UFC chempioni Hamzat Chimaev oʻrtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Men Hamzatni juda ham kuchli, deb hisoblamayman. Uning Usmon bilan toʻqnashuvini koʻring. Kamaru oʻshanda yarim oʻrta vazn toifasida edi va atiga 11 kun ichida jangga rozilik berdi. Menimcha, oʻsha bahsda Chimaev magʻlub boʻlgandi. Shu bois ham chechen Striklendni yengadi, deb oʻylamayman. Men bu qarama-qarshilikka bor pulimni tikaman. Ishonchim komil, Shon gʻalaba qozonadi. Biroq, taxminimcha, Chimaev va Shon oʻzaro jang oʻtkazmasa ham kerak, chunki ular birga koʻp mashq qilishgan", - dedi Masvidal.
Eslatib oʻtamiz, Shon Striklend oxirgi bor 21 fevral kuni "UFC Fight Night 267" turnirida oktagonga koʻtarilib, Entoni Ernandesni 3-raundda texnik nokautga uchratdi. Hamzat Chimaev esa 2025 yilning 19 avgust kuni "UFC 319" turnirida Dyu Plessini yenganishdan buyon jang oʻtkazmagan.
Fikrlar