Xamzat Chimaevni kim to‘xtata oladi? Robert Uittaker javob berdi

  • 18.08.2025 15:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Avstraliyalik Robert Uittaker o‘rta vaznda amaldagi chempion Xamzat Chimaevni enga oladigan jangchi nomini aytdi. 

"Hozirga qadar chechen uchun eng qiyin raqib Gilbert Byorns bo‘ldi, chunki Xamzat jiu-jitsu ustasi bilan kurashishga qiynaldi. O‘ylashimcha, Rene de Ridderda Chimaevga qarshi bahsda g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyat ega. Golland greppling bilan shug‘ullanadi, bo‘yi baland, jiu-jitsudan ham anchagina xabari bor”, - dedi Uittaker o‘zining You Tube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Xamzat Chimaevning professional MMA dagi rekordi 15-0. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!