Xanchjou-2022. O‘zbekiston terma jamoasi suv polosi bahsida Tailanddan engildi
Vakillarimiz hisobida bir g‘alaba, ikki mag‘lubiyat bor
Xitoydagi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Suv polosida O‘zbekiston terma jamoasi Tailand bilan kuch sinashdi. Bellashuvda hamyurtlarimiz 11-17 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endi vakillarimiz Yaponiya bilan kuch sinashadi. O‘yin 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 18-8 hisobida Janubiy Koreyani taslim etganmiz. Xitoyga esa 5-33 hisobida imkoniyatni boy berganmiz.


Izohlar (0)