"Xanchjou-2022": Taekvondochilarimizdan yana bir bronza
Yana bir medal muborak!
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aralash jamoavoy dasturda bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yarim finalda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib borgan sportchilarimiz 47:48 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Ushbu natija orqali taekvondochilarimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldilar. Terma jamoa tarkibi: Shuhrat Salaev, Jasur Jaysunov, Ozoda Sobirjonova, Svetlana Osipova.


Izohlar (0)