Hans-Diter Flik: "Peshqadamlikka qaytganimiz juda muhim"
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik "Levante"ga qarshi (3:0) g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
La Liganing 25-turidan o'rin olgan ushbu uchrashuvdagi g'alabadan keyin kataloniyaliklar turnir jadvalida yana peshqadamga aylandi va "Real Madrid"ni bir ochkoga ortda qoldirdi.
"Tezkor gol urish juda muhim edi. O'yin boshidanoq o'zimizga ishondik. Menimcha, har daqiqa o'tgani sari o'yinimiz yaxshilandi va g'alabaga munosib edik. Bunday kuchli himoyaga qarshi o'ynaganda yarim himoyachilar oldinga intilishi kerak. Biz chap qanotda yechim izlashga majbur bo'ldik. Shunday tarzda gol urish – juda yaxshi.
Joau Kanselu ajoyib o'yin namoyish etdi. Uning mahoratini ko'rdik, ayniqsa birinchi bo'limda juda xavfli vaziyatlar yaratdi. Men undan aynan shuni kutib qolaman.
Yana peshqadamlikka chiqqanimiz muhim. Bu juda yaxshi", – dedi Flik.
Fikrlar