Xarri Keyn o‘zi duch kelgan eng noqulay ikki himoyachi nomini aytdi
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn ijtimoiy tarmoqda muxlislar savollariga javob berar ekan, faoliyati davomida o‘zi duch kelgan eng noqulay himoyachilar kim ekanligini aytdi.
“Bu borala bir nechta himoyachilarni ajratib ko‘rsatishim mumkin. Bu kabi voqealar faoliyatimning boshida yuz bergan. Ulardan biri Jon Terri. U juda aqlli himoyachi bo‘lib, qanday pozitsiyani egallashni, meni qanday to‘xtatishni yaxshi bilardi. Ikkinchisi Kellini hisoblanadi. Italiya terma jamoasi va "Yuventus"ga qarshi o‘yinlarda Jorjo bilan ko‘p to‘qnash kelganman. U ham aqlli va jismonan kuchli futbolchi”, — deydi Keyn.
Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli ingliz futbolchisi barcha musobaqalar doirasidagi 467 ta o‘yinda maydonga tushib, 276 ta gol urgan.
Fikrlar