Harri Keyn: "Real"ga qarshi o'yin — doim katta sinovdir"

  • 19.03.2026 13:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Harri Keyn Chempionlar ligasi 1/4 finalida "Real"ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

1/8 finalda "Bavariya" "Atalanta"ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 10:2 hisobida mag‘lub etgan edi.

"Keyingi raqib juda qiyin. Chempionlar ligasida "Real"ga qarshi o‘ynasangiz, har doim og‘ir bahs kutish kerak. Biz jismoniy va ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishimiz shart.

Biz tayyor bo‘lamiz. Hech kimdan qo‘rqmaymiz, ammo bu o‘yin oson bo‘lmasligini yaxshi bilamiz.

"Atalanta"ga qarshi o‘yin va umumiy mavsum davomida olgan ishonchimiz bilan shu ruhda davom etishimiz kerak", — dedi angliyalik forvard.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!