
Xatem Ben Arfa La Ligada to‘p surishi mumkin
"Renn" va PSJ klublari sobiq xavbeki Xatem Ben Arfa Ispaniya La Ligasi klubi tarkibini to‘ldirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi "Valyadolid" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Tomonlarlar mavsum so‘nggigacha kelishuv imzolanishi kutilmoqda.
Ben-Arfa "Renn"ni 2019-yil yozida tark etganidan so‘ng erkin agent maqomida qolayotgan edi. U faoliyati davomida PSJ, "Lion", "Marsel", "Nyukasl", "Xall Siti" va PSJ klublarida to‘p surgan. Shuningdek, u 2015-yilgacha Frantsiya terma jamoasidan doimiy chaqiruv olib kelgan.
Fikrlar