Xau: "Nyukasl" g'alabani qo'ldan chiqardi"
Angliya chempionatining 22-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Vulverxempton" o‘z maydonida "Nyukasl"ga yutqazmadi va shu tariqa ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirdi.
Uchrashuvdan so‘ng "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau natijadan noroziligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa katta mehnat qilgan va o‘yinni nazorat qilgan, ammo hal qiluvchi hujumlarda yetarlicha samarali harakat qila olmagan.
"Biz o‘yinni boshqarib turdik, ammo maydonning so‘nggi qismida kutilgan darajada o‘ynay olmadik. Raqib esa aniq kuchaydi, ular hozirgi o‘rnidan ko‘ra yaxshiroq o‘yin ko‘rsatmoqda", — dedi Xau.
Hozirda "Nyukasl" chempionat jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar