
Xavi "Arsenal" va "Chelsi"ning diqqat markazida
Niderlandiyalik yosh iste’dod Xavi Simons joriy yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. "Leyptsig"dagi mavsumi yakuniga etgach, futbolchi jamoa bilan xayrlashish niyati borligini bildirgan.
"TalkSPORT" nashrining yozishicha, 22 yoshli futbolchining xizmatlariga "Arsenal" va "Chelsi" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Londondiklar futbolchini taxminan 56 million funt evaziga xarid qilishga umid qilishmoqda.
"Arsenal" rahbariyati Simons yoki "Kristal Pelas" vingeri Eberechi Ezeni jamoaga qo‘shishni rejalashtirmoqda. Agar Gabriel Martinelli va Leandro Trossard jamoada qolsa, shundan biriga ustunlik beriladi. Biroq, ulardan biri jamoani tark etsa, londonliklar ikki futbolchini ham olishni ko‘rib chiqishi mumkin.
"Chelsi" esa Simonsni Kristofer Nkunkuga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xavi o‘tgan mavsum Bundesligada 25 o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol va 7 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar