Xavi "Barselona" uchun futbolchi tanladi

  • 2 iyun, 2023, 16:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoasining "Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmixga qiziqishi haqida gapirdi.

Tecno

Mutaxassis 28 yoshli xavbekni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlashini tan oldi. Xavining so‘zlariga ko‘ra, Kimmix "Barselona"da joriy mavsum oxirida jamoani tark etadigan Serxio Busketsning o‘rnini egallashi mumkin.

"Kimmix - o‘yinni ajoyib tushunadigan super top futbolchi. Bizga bu o‘rin uchun yuqori saviyali futbolchi kerak, aks holda kelasi yil musobaqada qatnashishimiz qiyin bo‘ladi. Agar imkoniyat bo‘lsa, "Bavariya" bilan muzokaralarni boshlashimiz kerak, - deya Xavining so‘zlarini keltiradi "Mundo Deportivo" nashri.

Kimmixning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Transfermarkt" portali Germaniya terma jamoasi futbolchisini 80 million evroga baholamoqda.

Germaniyalik yarim himoyachi joriy mavsum myunxenliklar safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!