Xavi: Biz bozorni nazorat qila olmaymiz
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi frantsiyalik hujumchi Usmon Dembelening PSJga ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Ko‘p marta aytganman. U men uchun o‘z pozitsiyasida dunyoning eng yaxshisi bo‘lish imkoniyatiga ega. Buni taqdimotimda aytdim va bugun takrorlayman: Usmon men uchun qimmatli futbolchi va unga doim ishonch bildirganman.
Biz bozorni nazorat qila olmaymiz. To‘lovlar bor va bu o‘yinchining qarori. Dembele "Barsa"da baxtli. U qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi", - deya Xavining so‘zlarini keltirdi "Marca" nashri.
Fikrlar