Xavi bosh murabbiy sifatida ilk uchrashuvini o‘tkazdi
“Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasi afsonasi Xavi Ernandes bosh murabbiy sifatida o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazdi.
Uning boshqaruvidagi Qatarning “Al-Sadd” klubi o‘rtoqlik uchrashuvida Ispaniyaning “Palamos” klubiga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Xavi bundan bir necha oy avval xuddi shu jamoada futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. U murabbiy sifatida “Al-Sadd” bilan 2020 yilgacha shartnoma imzolagan.
Fikrlar