Xavi: "Dembele jamoaga yordam bermoqchi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi frantsiyalik futbolchi Usmon Dembele haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, mutaxassis shogirdiga yana imkon bermoqchi.
"Dembele - "Barsa" futbolchisi. U jamoaga yordam berishni istamoqda.
Albatta, u yana ko‘k-anorrang libosda maydonga tushadi. Bu mavzuni yopilgan, deb hisoblayman.
Men futbolchiga "Atletiko"ga qarshi o‘yinda imkon bermoqchi edim, ammo ayrim holatlar sabab bu amalga oshmadi", - dedi ispaniyalik murabbiy.

Fikrlar