
Xavi haydayotgan futbolchi Angliyaga ketadi
Ispaniyaning Sport.es nashri xabar berishicha, “Barselona” murabbiyi Xaviga o‘yini yoqmay qolmay frantsiyalik himoyachi Kleman Langle faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Xavi bu o‘yinchiga kelasi mavsum imkon bermasligini ta’kidlaganidan keyin, klub rahbariyati uni yozda transferga qo‘ymoqchi bo‘lyapti.
Bu vaziyatdan “Tottenxem” unumli foydalanib qolishga qaror qilgan. Angliyaliklar “Barselona” vakillari bilan badal summasini kelishib olishi talab etiladi. Chunki Langlening amaldagi bitimi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.
Kataloniyaliklar 26 yoshli himoyachi uchun to‘rt yil muqaddam qariyb 36 million evro sarflagan edi.
Kleman bu mavsum barcha turnirlarda 26 marotaba maydonga tushib, bir marta golli pas uzatidi xolos.
Fikrlar