Xavi rahbariyatdan qariya hujumchini qaytarishni so‘radi

  • 23 mart, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoasiga tajribali hujumchi kerak, degan fikrni ilgari surmoqda.

TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik murabbiy klub xo‘jayinlaridan jamoaga gabonlik to‘purar Per-Emerik Obameyangni qaytarishni so‘ragan.

Obameyang o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan edi. Biroq, o‘tgan yozda Tomas Tuxel taklifini qabul qilib, “Chelsi”ga ko‘chib o‘tdi. Mavsum boshida germaniyalik mutaxassis o‘rniga jamoa boqaruvini qo‘lga olgan Grem Potter 33 yoshli futbolchiga imkoniyat bermayapti.

Transerlarga ixtisoslashgan transfermarkt portali ekspertlari Obameyangni 7 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!