Xavi so‘ragan futbolchiga "Barsa"ning puli etmadi

  • 11 fevral, 2022, 19:27
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Milan" himoyachisi Teo Ernandes bilan shartnoma imzolashni istamoqda. 

Ispaniyalik mutaxassis Teoni chap qanotda Jordi Albaga raqobat taklif qila oladigan futbolchi, deb hisoblamoqda. 

Dastavval, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladi. biroq tez orada ushbu transfer kataloniyaliklarga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ldi. Sababi, "rossonerilar" Ernandes uchun kamida 50 million evro so‘ramoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, frantsiyalik himoyachi joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 8 ta assist muallifiga aylandi. 




Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!