Xavi terma jamoani qabul qilishga tayyorlanyapti

  • 04.03.2026 08:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilganidan beri ishsiz yurgan Xavi Ernandes keyingi paytda bir necha klublar bilan hamkorlik masalasida muzokara yuritdi, biroq ular muvaffaqiyatli yakunlangani yo‘q.

Shunga qaramay, ispaniyalik mutaxassis oldida yangi variant paydo bo‘ldi. Xavi Marokash terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Bu haqida Marca nashri xabar berdi.

Marokash futbol federatsiyasi rahbariyati Valid Regragining o‘rniga Xavi Ernandesni taklif qilish masalasini o‘rganib chiqmoqda, ammo rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan.

Manbaga ko‘ra, bu masala marokashliklarning Afrika millatlar kubogidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki bilan bog‘liq. Joriy yilning 18 yanvar kuni marokashliklar Afrika millatlar kubogi finalida Senegalga qo‘shimcha vaqtda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, Xavi  2026 yildagi jahon chempionati oldidan termani qabul qilmasligi mumkin, chunki jamoa o‘yinini qurish uchun vaqt yetarli emas.

U 2030 yildagi mundial tsiklida ishlash imkoniyatini muhokama qilishga tayyor.

2026 yilning 25 fevralida Regragi iste'fo berishga qaror qilgani ma'lum bo‘ldi. U 2022 yilda Marokashni tarixda birinchi bor jahon chempionati yarim finaliga olib chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!