
Xavi: U bizga osmondan tushgan sovg‘a bo‘ldi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi hujumchi Per-Emerik Obameyangning o‘yinidan juda ham mamnun.
"Obameyang - osmondan tushgan sovg‘a. Gap nafaqat uning kiritayotgan gollarida, balki u qanday mashg‘ulot o‘tkazayotgani va professionalligida ham. U butun jamoa uchun o‘rnak", - dedi ispaniyalik mutaxassis ESPN nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida Obameyang "Arsenal"dan "Barselona"ga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr moabynida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.
Fikrlar