Xavi van Galning antirekordini takrorladi

  • 11 mart, 2022, 15:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi "Barselona" tarixida evrokuboklardagi dastlabki ikki uy uchrashuvida g‘alaba qozona olmagan klub tarixidagi ikkinchi murabbiyga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, “ko‘k-anorranglilar” kecha “Kamp Nou”da Evropa ligasi 1/8 finali dastlabki o‘yinida “Galatasaroy” bilan 0:0 hisobida nursiz durang qayd etdi.

“Barsa” bundan avval 17 fevral kuni o‘z maydonida o‘sha turnirning 1/16 final bosqichida “Napoli” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.

Opta xabariga ko‘ra, Xavi bu borada Lui van Galning antirekordini takrorladi. Niderlandiyalik mutaxassis ham “Barselona” boshqaruvida “Kamp Nou”da ketma-ket 2 ta evrokubok uchrashuvida durang qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!