
Xaviga kerak bo‘lmay qolgan futbolchiga APLdan taklif bor
"Barselona" hujumchisi Ferran Torres Angliya premer-ligasiga qaytishga qarshi emas. 2022 yilning yanvarida futbolchi "Manchester Siti"dan 55 million evro evaziga "Kamp Nou"ga o‘tgan edi.
"The Hard Tackle" nashri xabar berishicha, Torres yozda "Tumanli Albion"ga qaytish uchun ochiq bo‘ladi. "Barselona" rahbariyati bosh murabbiy Xavi Ernandes loyihasiga endi to‘g‘ri kelmaydigan Ferrandan qutulmoqchi. Manbaning qayd etishicha, ispaniyalik futbolchiga hamyurti Unai Emeri boshchilik qilayotgan “Aston Villa” klubi qiziqmoqda.
Ferran Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar