Asosiy mazmunga oʻtish

Xayr, Rodrigo!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hammasi barbod bo‘ldi

Madridning “Real” klubi va Braziliya terma jamoasi qanot hujumchisi Rodrigo Goës o‘ng tizasidan olgan jarohati tufayli endi kamida 10 oy maydonga tusha olmaydi.

Shu tariqa, braziliyalik futbolchi mavsumning qolgan qismi va 2026 yildagi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqida jurnalist Aranha Rodriges X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

“Qirollik klubi” 25 yoshli futbolchining jarohati haqida rasmiy ma’lum qildi.

Rodrigo Ispaniya chempionatining 26-turida “Xetafe”ga 0:1 hisobida boy berilgan uchrashuvning 55-daqiqasida zahiradan maydonga tushgan edi. Bahsda tizzasi shikastlangani qarama-yu, u o‘yinni davom ettirdi. Oxir-oqibat jarohati kuchayib ketdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q