
Xayrulla Hamidov bilan Davron Fayziev tandemi pro liganing markaziy o‘yinida!
13 avgust kuni "Bobur Arena"da pro liga etakchilari - "Andijon" hamda "Turon" o‘rtasida jiddiy qarama-qarshilikka guvoh bo‘lamiz.
Ushbu uchrashuvga qiziqish har qachongidan yuqori darajada. Ayniqsa, bu yilgi pro ligadagi intriganing ancha kuchayishi fonida "Andijon" - "Turon" bellashuvi barchaning diqqat-markazida bo‘lib turibdi. O‘yin esa "FutbolTV" orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Shundan kelib chiqqan holda markaziy o‘yinni yurtimizdagi ikki reytingi baland sharhlovchilar - Xayrulla Hamidov bilan Davron Fayziev bevosita "Bobur Arena" stadionidan sharhlab boradilar. Bu esa muhim o‘yinga qo‘shimcha joziba bag‘ishlashi shubhasiz.
Yodingizda bo‘lsa, ushbu betakror tandem bungacha "Andijon" - "Xorazm" uchrashuvini ham bevosita stadionda sharhlashgan bo‘lib, barcha muxlislarning qalbidan chuqur iz qoldirishgandi.
Eslatib o‘tamiz, "Andijon" - "Turon" bellashuvi shanba kuni soat 17:00 da boshlanadi, - deya xabar bermoqda, “Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar