
Xayrulla Hamidov: Do‘stim, porlab, yorib, chiqib kelganingda, shu yoshgacha kamida ikki-uch "oltin to‘p" olasan, deb o‘ylagan edik, essiz...
Bugun jahon futboli yulduzlari Krishtianu Ronaldu va Neymarning tug‘ilgan kuni. Bu futbolchilar yaxshigina mashhurlikka erishgan. Shu yoshgacha ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi sahifasida Neymar haqida qisqacha fikr bildirdi. Ronaldu "oltin to‘p"lar borasida faqat Messidan ortda xolos. Neymar esa bu borada maqtana olmaydi. Vaholanki, u o‘sib kelayotganda undan ko‘p narsalar kutilgandi. Xayrulla Hamidov ham aynan shu jihatga e’tibor qaratdi.
- Bugun Neymar o‘ttiz bahorni qarshi olmoqda.
Do‘stim, porlab, yorib, chiqib kelganingda, shu yoshgacha kamida ikki-uch "oltin to‘p" olasan, deb o‘ylagan edik, essiz... - dedi Xayrulla Hamidov.
Balki sizda ham shunday fikrlar o‘tayotgandir?!
Fikrlar