Xayrulla Hamidov: "Eldor Shomurodov"ni "Kalyari"da qolishini istagan bo‘lardim"

  • 15 aprel, 2024, 17:21
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 32-turida "Kalyari" "Inter" mehmoni bo‘lib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdagi eng muhim gollardan birini terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov urdi. Xayrulla Hamidov esa bu holatga o‘z reaktsiyasini bildirdi va quyidagi fikrlarni qo‘shimcha qildi:

Tecno

"Rimliklar usluban yaqin deb, Sardor Azmunni Shomurodov o‘rniga olishdi, lekin eronlik futbolchi bu mavsum 2 ta gol uribdi. Eldorda esa 3 ta gol bor, ya’ni u Shomurodovning hattoki "Roma"dagi variantining ham o‘rnini bosa olmadi. "Kalyari" xudo xohlasa, ligada qoladigan bo‘lsa, hujumchimizni Klaudio Raneri bilan davom etishini tilagan bo‘lardim, chunki bu jamoada asosiy tarkib nisbatan kafolatlangan bo‘ladi", - dedi jurnalist. 

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov ayni paytda sardiniyaliklar safida ijara asosida to‘p tepmoqda. Uning "bo‘rilar" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!