Xayrulla Hamidov: So‘nggi daqiqalardagi zaifligimizni, Isroilning o‘yinni hal qilish uchun qaratilgan intilishlarini hakamni tanqid qilaroq xaspo‘shlamaylik
O‘zbekiston terma jamoasi 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati nimchorak finalida Isroil bilan kuch sinashdi. Unda vakillarimiz 0:1 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Isroil futbolchisi Anan Halalining 90+7-daqiqada urgan goli bellashuv taqdirini hal qildi. Shu tariqa, vakillarimiz o‘z yurishini nimchorak finalning o‘zida tark etadigan bo‘ldi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi sahifasida terma jamoadagi muammo va kamchilik haqida fikr bildirdi.
- Bular yaponlarni bir kam o‘yinchi bo‘lib kambek bilan yutvolgan edi, 11ga 11 qolganida oxirgi daqiqalar aniq xavf bor edi.
Lekin bu futbol. Kelajak uchun saboq bo‘ladi. O‘sish uchun yigitlarga unutilmas saboq beradi. Boshni tik ko‘tarib qaytaverishsin, mundialga chiqish, pley-offda o‘ynashdek vazifa ham aslida katta edi.
Biz esa Evropa futboliga yuzlanamiz yana. Nachora, - dedi sharhlovchi.
Xayrulla Hamidov fikrlarini davom ettirar ekan u mag‘lubiyatda faqatgina hakamlarni ayblamay, xatoni o‘zimizdan izlash kerakligiga e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston terma jamoasi Isroilga qay tarzda imkoniyatni boy berdi? Mag‘lubiyat omili nimada?

- So‘nggi daqiqalardagi zaifligimizni, Isroilning o‘yinni hal qilish uchun qaratilgan intilishlarini hakamni tanqid qilaroq xaspo‘shlamaylik.
Futbol jismoniyat va ruhiyat o‘yini. Raqibimiz o‘z vaqtini juda aqlli tarzda kutdi va gol uchun borini berdi. Golni takroran ko‘rib chiqing!
Hakamni gapirsak, asl muammolarni berkitib bergan bo‘lamiz, tayyor bahona topib beramiz. Undan ko‘ra overtaymni kutgan termamizning asl holini gapiraylik. Shunda hammaga yaxshi bo‘ladi, - dedi Xayrulla Hamidov.
Fikrlar