Xayrulla Hamidov: Tuxel PSJ bilan boy bergan finali alamini uch-to‘rt hissa qilib olmoqda

  • 13.02.2022 09:30
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Chelsi" qo‘shimcha taymlardagi gol evaziga Braziliyaning "Palmeyres" klubini taslim etib, musobaqa g‘olibiga aylandi. 

Taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi sahifasida Tuxel finallarda g‘alaba qozonayotgani haqida gapirdi. 

- Tuxel PSJ bilan boy bergan finali alamini uch-to‘rt hissa qilib olmoqda: EChL, superkubok, jahon chempionati (Keyingi hafta yana final...)

Finallarda gol uradigan yigitning nomi Xaverts. To‘g‘ri, seriyada noaniq tepishi mumkin, ammo o‘yin ichida hal qilishga usta.

Tabrik, chelsichilar! - dedi Xayrulla Hamidov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ATYGOLD
13/02/2022 12:34
BUNGA haqli edi Chilse